TB Market
Hisobni o‘chirish
TB Market hisobingiz va unga bog‘liq shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish uchun so‘rov yuboring.
Qanday ishlaydi
- Tizimga kiring va so‘rov yuboring — so‘rov hisobingizga bog‘lanadi. Yoki hisobdagi telefon raqami yoki e-pochtani kiriting.
- Tizimga kirmasdan yuborilgan so‘rovda xavfsizlik uchun xodim hisob egasini telefon yoki e-pochta orqali bog‘lanib tekshiradi.
- So‘rovni xodim 30 kun ichida bajaradi. Faol buyurtma, ochiq qaytarish, sizga hali qaytarilmagan pul yoki TB Bank balansida pul bo‘lsa — avval ular yakunlanadi.
O‘chiriladi
Ism, telefon, e-pochta, profil rasmi va ma’lumotlari, manzillar va yetkazishlardagi manzil nusxalari, savat, sevimlilar, to‘plamlar, kuzatishlar, qidiruv tarixi, saqlangan kartalar va pul qaytarish uchun kiritilgan karta raqami, kirilgan qurilmalar va push-bildirishnomalar, Telegram bog‘lanishi va bot yozishmalari, TB Bank PIN. Sharhlaringiz «Anonim xaridor» nomi bilan qoladi.Saqlanadi
Buyurtmalar, to‘lovlar, qaytarishlar va yozishmalar — buxgalteriya, soliq va nizolar uchun; ular endi ism, telefon va e-pochtangiz bilan bog‘lanmaydi. Fiskal cheklar, to‘lov so‘rovlari va bo‘lib to‘lash arizalarining nusxalari hamda yozishmalar matni o‘zgartirilmaydi. Bonus ballardan endi foydalanib bo‘lmaydi.TB Market ilovasida: Profil › Hisobni o‘chirish (parol bilan tasdiqlanadi).
O‘chirish so‘rovi
Tizimga kirib yuborsangiz, tekshiruv tezroq bo‘ladi: Kirish
Hisob o‘chirilgach, uni tiklab bo‘lmaydi. Kerakli buyurtmalaringiz yakunlanganiga ishonch hosil qiling. Sotuvchi, kuryer yoki PVZ bo‘limlari alohida — Yordam orqali yozing.